Zelenskiy Rossiyaga “energetik sulh” taklif qildi

Olam

image

Kecha, 6 aprel kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH vositachiligi orqali Rossiyaga bir-birining energetika infratuzilmasiga zarba bermaslik bo‘yicha taklif yubordi. Bu haqda UNIAN xabar berdi.

“Agar Rossiya bizning energetika tizimimizga zarba berishni to‘xtatishga tayyor bo‘lsa, biz ham xuddi shunday javob berishga tayyormiz. Bu taklifimiz amerikaliklar orqali Rossiya tomoniga yetkazilgan”, degan Ukraina yetakchisi. 

Uning aytishicha, Ukraina Qurolli kuchlari Rossiyaning AQSH va Isroilning Eron bilan urushi sabab yuzaga kelgan neft bozoridagi inqirozdan foyda olish imkoniyatlarini cheklashga harakat qilmoqda.

“Rossiya neft narxlarining keskin oshishidan qancha daromad olsa, barchasini urushga sarflaydi. Bu ularning ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qolmoqda. Shuning uchun ularning neft eksport qilish imkoniyatlarini har qanday cheklash to‘g‘ri qaror”, deya qo‘shimcha qilgan Zelenskiy. 

Prezidentning bildirishicha, Ukraina avval ham Rossiyaga Pasxa bayrami munosabati bilan sulh tuzishni taklif qilgan, ammo ular ushbu taklifni keskin rad etgan. Zelenskiy bu qadamni qoralab, “Rossiya uchun muqaddas hech narsa yo‘q” degan. 

Qayd etish joiz, 2026 yilning qishida Tramp iltimosiga binoan Rossiya vaqtincha Ukrainaning energetika ob’ektlariga zarba berishni to‘xtatgan edi. Ushbu “energetik sulh” 29 yanvardan 1 fevralgacha, jami to‘rt kun davom etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vladimir Zelenskiy bayonot berib, AQSH, Isroil va Eron o‘rtasidagi mojaroning keskinlashuvi fonida Kiyev Patriot havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun raketalar yetkazib berilishi qisqarishiga tayyorgarlik ko‘rayotganini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Zelenskiy energetik sulh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing