Rossiyada migrantlar uchun rus tili bo‘yicha yagona test tizimi joriy etiladi

Olam

image

2026 yil 1 yanvardan boshlab Rossiyadagi barcha migrantlar rus tilini bilish bo‘yicha testlarni kompyuter orqali va masofaviy texnologiyalar yordamida topshiradi. Bu haqda mamlakatning Ta’lim va fan vazirligi xabar berdi.

“Davlat muassasalari rus tilini chet tili sifatida, Rossiya tarixi va Rossiya qonunchiligi asoslarini bilish bo‘yicha imtihonlarni faqat kompyuter va masofaviy texnologiyalar yordamida o‘tkazishga majburdir”, deyiladi vazirlik ma’lumotida.

Hozirda bu chorani ta’minlash uchun tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu tizimning maqsadi imtihon jarayonini shaffof qilish va bilimlarni baholashda inson omilini minimal darajaga tushirish ekani aytilmoqda.

Shuningdek, har oy imtihon savollari yangilanadi va javoblarni ommaga ochiq qo‘yish amaliyotidan voz kechiladi. Hozirda imtihonni Rossiyaning barcha sub’ektlarida va chet elda 203 ta punktda topshirish mumkin. Chet elliklar uchun imtihon ustidan nazorat va monitoringni Rosobrnadzor amalga oshiradi.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning 1 aprelidan boshlab barcha migrant bolalari rus tilini bilish bo‘yicha testdan o‘tishi majburiy bo‘lgandi. Oqibatda joriy yil noyabrgacha Rossiyadagi maktablarga faqatgina 19 foiz migrant bolalari qabul qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

rus tili migrantlar test tizimi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing