Rossiyada mushkul ahvolda qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat
−
03 Sentabr 4016 1 daqiqa
Rossiyaning Novosibirsk shahrida mushkul ahvolda qolgan o‘zbekistonliklar mamlakatga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.
Qayd etilishicha, diplomatlar Novosibirskning tegishli idoralari bilan o‘tkazgan muzokaralari natijasida fuqarolarning zarur hujjatlari olingan va yosh bolali oilani mamlakatga qaytarish uchun sertifikatlar tayyorlangan.
Shundan so‘ng, O‘zbekiston fuqarolari Novosibirsk xalqaro aeroportidan O‘zbekistonga kuzatib qo‘yilgan.
Ma’lumot uchun, 30 iyul – Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, Bandlik vazirligi, Migratsiya agentligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda joriy yilning 30 iyulidan 30 avgustigacha “Vatanga qaytarish” nomli xayriya aksiyasi o‘tkazilmoqda. Aksiya doirasida xorijiy davlatlarda mushkul ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarolarini mamlakatga qaytarish va ularni samarali reintegratsiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda.
Birinchi navbatda, Turkiya, Rossiya, Qozog‘iston, BAA, Saudiya Arabistoni, Hindiston, AQSH va Janubiy Koreyada deportatsiya markazlarida saqlanayotgan ayollar va bolalar O‘zbekistonga olib kelinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning Aqtov shahrida mushkul vaziyatga tushib qolgan 5 o‘zbekistonlik mamlakatga qaytarilgandi.
Live
Barchasi