Rossiyada og‘ir ahvola qolgan 7 bola O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat
−
24 aprel 2756 1 daqiqa
Rossiyada og‘ir ahvola qolib ketgan 7 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Novosibirsk shahrida ikki nafar o‘zbekistonlik onaning biri 5 ta, ikkinchisi 2 ta voyaga yetmagan farzandi bilan og‘ir ahvolda qolgan. Bolalarning birortasida ham hujjat bo‘lmagan.
Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi hamda Bosh konsulxona tomonidan barcha tashkiliy ishlar hal etilgan. Xususan, bolalarga O‘zbekistonga qaytish guvohnomalari rasmiylashtirilgan. Shundan so‘ng ularga aviachiptalar olinib, barchasi O‘zbekistonga qaytarilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida yashab kelayotgan O‘zbekiston fuqarosi va uning uch nafar voyaga yetmagan farzandining murakkab vaziyati ijobiy hal etilib, ular O‘zbekistonga qaytarilgan edi.
Live
Barchasi