Rossiyada OMON migrantlar uxlab yotgan yotoqxonaga bostirib kirdi (video)

Olam

image

Moskvaning janubi-sharqidagi yotoqxonalarda o‘tkazilgan reyd chog‘ida 70 dan ortiq migrant qo‘lga olindi. Bu haqda Rossiya Milliy gvardiyasi xabar berdi.

Operatsiya Tergov qo‘mitasi, FXX va Rossiya Ichki ishlar vazirligiga yordam bergan Rossiya Milliy gvardiyasi Moskvadagi Bosh boshqarmasining “Avangard” OMON va “Qilich” OMON transport xodimlari ishtirokida o‘tkazildi.

Shkuleva ko‘chasidagi yotoqxonalarni tekshirish chog‘ida xavfsizlik kuchlari 1000 dan ortiq xorijiy fuqaroni tekshirgan. Reydda “immigratsiya qoidalari va harbiy ro‘yxatga olish talablarini buzgan” 72 nafar shaxs aniqlangan.

Qo‘lga olinganlar qo‘shimcha tergov o‘tkazish uchun politsiya bo‘limlariga olib ketilgan. Ushlangan migrantlar orasida Markaziy Osiyo davlatlari, xususan O‘zbekistondan borgan fuqarolar mavjudligi haqida ma’lumotlar berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasi Yemelyanovskiy tumanida OMON xodimlari “Korona” banket zalida uyushtirilgan o‘zbekistonlik xonanda Jaloliddin Ahmadaliyevning konsertiga bostirib kirib, migrantlarni tintuv qilgani haqida xabar berilgandi. 

Ushbu konsert joriy yilning 22 sentyabr kuni o‘tkazilgan. Tekshiruv davomida O‘zbekistonning 8 fuqarosi Rossiyada bo‘lish qoidalarini buzgani aniqlangan. Ushlangan o‘zbekistonliklarning 4 nafariga nisbatan ma’muriy jarima va ma’muriy chiqarib yuborish choralari qo‘llangan, qolgan 4 nafari esa Krasnoyarsk o‘lkasidagi chet el fuqarolarini vaqtincha saqlash markaziga joylashtirilgan. Mazkur fuqarolar ushbu binoda o‘zbek estrada xonandasi Jaloliddin Ahmadaliyev konsert bergani uchun borgan. Konsert Rossiyaning tegishli tashkilot va idoralari bilan belgilangan tartibda kelishilmagan bo‘lib, aynan shu holat mazkur voqeaga sabab bo‘lgan.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burhonov Novosibirsk shahridagi O‘zbekiston Respublikasining Bosh konsulxonasi tezkor tarzda ushbu fuqarolarga zaruriy huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha choralar ko‘rayotganini ma’lum qilgandi.

Bosh konsulxonaga ko‘ra, ilgari Novosibirsk shahrida o‘tkazilgan xuddi shunday konsert shahar rasmiy hokimiyati bilan oldindan kelishilgan, to‘la zalda o‘tgan va tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olingan. Shu bilan birga, Krasnoyarsk o‘lkasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilayotgan bunday reydlar huquqiy asosga ega bo‘lishi va madaniy hordiq chiqarishga to‘sqinlik qilmasligi lozim. Mazkur Rossiya mintaqasi kuch tuzilmalari harakatlariga huquqiy baho berish maqsadida barcha zarur hujjatlar Krasnoyarsk o‘lkasining huquqni muhofaza qiluvchi organlariga taqdim etilgan. O‘zbekiston Migratsiya agentligi esa fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida litsenziyaga ega advokat voqea joyiga yuborilganini ma’lum qilgandi.

“Yuksalish” umummilliy harakati raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Bobur Bekmurodov bunday holatlarda OMON kabi maxsus kuchlarni jalb qilish mutlaqo ortiqcha ekanini aytgandi


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Moskva OMON migrantlar yotoqxonasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing