Rossiyada poyezd 500 ga yaqin yo‘lovchi bilan ag‘darilib ketdi (video)
Olam
−
03 aprel 12719 1 daqiqa
Rossiyaning Ulyanovsk viloyatida Chelyabinsk-Moskva poyezdi halokatga uchradi. Bu haqda viloyat gubernatori Alexey Rusksix o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.
Ma’lum qilinishicha, gubernator voqea joyiga borib, vaziyatni shaxsan o‘zi o‘rganmoqda.
Voqea ertalab soat 06:26 da Moskva vaqti bilan Bryandino stansiyasi yaqinida sodir bo‘lgan. Poyezd 415 yo‘lovchi bilan harakatlanayotgan bo‘lib, 15 vagonning 7 tasi relslardan chiqib ketgan, ularning bir qismi ag‘darilgan.
Gubernatorning xabar berishicha, hodisa sabablarini aniqlash ishlari davom etmoqda, shuningdek, tez tibbiy yordam va falokat tibbiyoti brigadalari voqea joyiga yetkazilgan.
Hozircha jabrlanganlar soni aniqlanmoqda va temir yo‘l harakati vaqtincha to‘xtatilgan. Qurbonlar haqida esa xabar tushmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shveysariyada qor ko‘chkisi oqibatida 80 ga yaqin yo‘lovchini olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib ketgandi.
Live
Barchasi