Ukriana Rossiyaga “dronlar yomg‘iri” uyushtirdi. Qurbonlar bor (video)
Olam
−
15 may 7660 1 daqiqa
Rossiyaning Ryazan shahriga qilingan dron hujumi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, 12 nafar inson jarohat oldi. Bu haqda shahar gubernatori Pavel Malkov ma’lum qildi.
Uning aytishicha, jabrlanganlar orasida bolalar ham bor. Barcha yaradorlarga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Hujum oqibatida ikkita ko‘p qavatli turar joy binosiga zarar yetgan. Shuningdek, dron qoldiqlari sanoat ob’ektlaridan biri hududiga tushgan.
Hozirda tezkor xizmatlar vayronagarchilik oqibatlarini bartaraf etish va shikastlangan konstruksiyalarni demontaj qilish ishlarini olib bormoqda. Aholi evakuatsiya qilinib, vaqtinchalik joylashtirish punktlari tashkil etilgan.
Gubernator ijtimoiy xizmatlar va mutasaddi idoralarga jabrlanganlar hamda halok bo‘lganlar oilalariga barcha zarur yordamni ko‘rsatish bo‘yicha topshiriq bergan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 may kuni G‘alaba kuni munosabati bilan Moskvaga kelgan xorijiy liderlar bilan ikki tomonlama uchrashuvlar yakunlari bo‘yicha jurnalistlar bilan muloqotda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi mojaro yakunlanishga yaqinlashayotganini aytgandi.
Live
Barchasi