Rossiyada Snapchat bloklandi

Olam

image

Rossiya Aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy axborot vositalarini nazorat qilish bo‘yicha federal xizmati (Roskomnadzor) mamlakatda Snapchat messenjerini blokladi. Bu haqda RBK xabar berdi.

Roskomnadzorning tushuntirishicha, huquqni muhofaza qilish organlari ma’lumotlariga ko‘ra, servis “mamlakat hududida terroristik harakatlarni tashkil qilish va amalga oshirish, ularning ijrochilarini yollash, fuqarolarga qarshi firibgarlik va boshqa jinoyatlarni sodir etish” uchun qo‘llanilmoqda.

Ma’lumot uchun, Snapchat 2011 yilda Stenford universiteti talabalari Evan Shpigel, Frenk Braun va Bobbi Merfi tomonidan ishlab chiqilgan. Servis qisqa vaqt ichida o‘chib ketadigan suratlar, xabarlar va videolar almashish imkonini beradi. Messenjer ommabop bo‘lishiga sabab – foydalanuvchining tashqi ko‘rinishini o‘zgartiradigan filtrlar va maskalar. Bundan tashqari, “hikoyalar” funksiyasi birinchi marta aynan Snapchat’da paydo bo‘lgan.

2017 yilda Snap Inc. kompaniyani Nyu-York fond birjasida IPO orqali 25 mlrd dollar baho bilan ommaviy savdoga chiqargan. Servisning 2025 yil holatiga ko‘ra, oylik auditoriya 943 mln kishini tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq WhatsApp Rossiya qonunchiligi talablarini bajarishni davom ettirmasa, u Rossiyada butunlay bloklanishi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Snapchat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing