Rossiyada terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik 20 yilga qamaldi

3-sahifa

image

Rossiyaning Rostov-na-Donu shahridagi Janubiy okrug harbiy sudi O‘zbekiston fuqarosini Stavropol hukumat binosida terakt tayyorlashda aybdor deb topib, uni 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda Janubiy okrug harbiy sudi Telegram-kanalida xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, 2023 yilning yanvar oyida ayblanuvchi ISHID manfaatlari yo‘lida harakat qilishga tayyor ekanini bildirib, video murojaat yozgan.

U ISHID rahbari ko‘rsatmasiga binoan Rossiya hududida aholi punktini tanlash, terakt uyushtirish uchun mo‘ljallangan ob’ektni o‘rganish, shuningdek, qo‘lbola portlovchi qurilmalarni tayyorlash va saqlash uchun ijaraga joy olish majburiyatini olgan.

2023 yilning 23 sentyabr kuni u O‘zbekistondan Rossiyaga kelib, Stavropol shahrini tanlaganini ma’lum qilgan hamda bir nechta ob’ektlarni foto va video tasvirga olib, to‘plangan ma’lumotlarni ISHID vakillariga yuborgan.

Keyinchalik unga terakt sodir etilishi rejalashtirilgan joy sifatida Stavropol o‘lkasi hukumati binosi ko‘rsatilgan.

Shu yilning dekabr oyida u portlovchi qurilma tayyorlash uchun zarur bo‘lgan qismlarni sotib olib, ularni yashirin joyga berkitgan. 18 dekabr kuni esa maxsus xizmat xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Sud jinoyatning og‘irligini inobatga olib, unga eng qat’iy jazoni tayinlagan. U dastlabki 5 yilni turmada, qolgan qismini esa qattiq tartibli koloniyada o‘taydi. Shuningdek, unga 1 million rubl miqdorida jarima tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Novosibirsk viloyatining Karasuksk tuman sudi noqonuniy migratsiyani tashkil etishda ayblab, O‘zbekiston fuqarosini hibsga olgandi. Ayblovga ko‘ra, u va uning sheriklari internet orqali kamida 270 nafar xorijlikka soxta shartnomalar sotgan.

E’zoza Olimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

sud Rossiya o'zbekistonlik terakt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing