Rossiyada “terrorizmni oqlagan” markaziy osiyolik talaba qamaldi
Olam
−
18 fevral 404 2 daqiqa
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida tahsil olayotgan 23 yoshli qozog‘istonlik talaba Garri Azaryan Rossiyada terrorizmni oqlashda ayblanib, 8 oy qamalib chiqdi. Bu haqda “Fontanka” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Azaryan universitetda siyosatshunoslik bo‘yicha bakalavr darajasini olgan, keyin magistraturaga o‘qishga qabul qilingan. 2025 yil may oyida u “chap radikal terrorizm” ishi bilan hibsga olingan.
Tergovga ko‘ra, u “Ishchilar kuchi” (Rabochaya Vlast) guruhining talaba bo‘linmasiga a’zo bo‘lgan va bir norasmiy yig‘ilishda “inqilob, sinf nafrati va ko‘cha kuchi” haqida gapirgan. Uning so‘zlarida, shuningdek, “iste’molchilar, burjuaziya reformistlar, kapitalizmning aybi va qotilliklar”ga ham ishoralar bo‘lgan. Tergovchilar esa “Ishchilar kuchi” guruhini Sankt-Peterburg universiteti hovlisida Minerva maketini osib, ustiga “Ilm o‘ldi” degan yozuv qo‘yilgan tadbirdan keyin kuzata boshlagan.
Bundan tashqari, Azaryan “jamoat oldida terrorizmni oqlash”da ayblanib, unga 2 yilga jazoni umumiy tartibli koloniyada jazoni o‘tashi belgilangan. Ish maxsus tartibda ko‘rib chiqilgan. Prokurorlar esa unga 3 yillik umumiy tartibli jazoni so‘ragan, advokatlar esa jarimani talab qilgan.
Tergovchilarga ko‘ra, Azaryan hukumatni zo‘ravonlik bilan ag‘darishga chaqirgan va bu harakatini Rossiyaning Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyasi davrida qilgani og‘irlashtiruvchi omil sifatida hisoblangan.
Oxirida Azaryan aybini tan olib, pushaymonligini bildirgan.
“Men ijtimoiy hayotga qaytib, foydali ish qilmoqchiman va endi radikal harakatlarga qo‘l urmayman”, degan u.
Talaba Azaryan sudgacha 8 oy hibsda qolgan va 2026 yil yanvar oyida ayrim faoliyatlarni bajarish taqiqi bilan ozod qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvlroq Rossiyada terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik 20 yilga qamalgan edi.