Rossiyadagi qurilishda o‘zbekistonlik yigit halok bo‘ldi
3-sahifa
−
08 Oktabr 14929 1 daqiqa
Joriy yilning 1 oktyabr kuni 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Rossiyaning Arxangelsk shahrida qurilish ishlari davomida baxtsiz holat sababli vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu holat yuzasidan Bosh konsulxona tomonidan Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Arxangelsk viloyatidagi vakolatxonasiga tegishli nota yuborilgan. Ma’lum bo‘lishicha, 2003 yilda Surxondaryo viloyati tug‘ilgan fuqaro N.S. “Koritsa” turarjoy kompleksida olib borilayotgan qurilish ishlari davomida 5 qavatidan tushib ketib, vafot etgan.
Holat yuzasidan Arxangelsk shahri Solombal okrugi tergov bo‘limi tomonidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 216-moddasi 2-qismi bilan (qurilish yoki boshqa ishlarni bajarishda xavfsizlik qoidalarini buzish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Ushbu holat Bosh konsulxona nazoratiga olingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 23 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Sankt-Peterburg shahridagi Rossiya Federatsiyasi Oliy sudi va Rossiya Federatsiyasi Oliy sudi huzuridagi sud departamenti qurilish ob’ektida baxtsiz hodisa oqibatida vafot etgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi