Rossiyadagi konda o‘zbekistonlik erkak halok bo‘ldi

Olam

image

Joriy yilning 26 avgust kuni Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasi, Kuraginskiy tumanidagi konda 30 yoshli o‘zbekistonlik erkakni tog‘ massasi bosib qoldi. Erkak hodisa oqibatida vafot etgan. Bu haqda Krasnoyarsk o‘lkasi prokuraturasi xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 30 yoshli O‘zbekiston fuqarosi mehnat patenti asosida “Artyomovskiy rudnik” AJ konida ishlagan. U tog‘ jinslarini burg‘ulash va mustahkamlash ishlarini olib borgan. Shu paytda tog‘ massasi qulab tushgan. Ishchi qulab tushgan jinslar ostida qolib, olgan jarohatlari oqibatida voqea joyida halok bo‘lgan.

Baxtsiz hodisa yuz bergan vaqtda kon odatdagi rejimda ishlagan va yer ostida 48 kishi bo‘lgan. Boshqa hech kim jarohat olmagan. Hozirda avariya yuz bergan hududda xavfsizlik postlari o‘rnatilgan. 

Qayd etilishicha, prokuratura mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi bo‘yicha qonunlarga rioya etilishi yuzasidan ish beruvchining ustidan tekshiruv o‘tkazadi. Jarayonga Mehnat inspeksiyasi va Rostexnazorat mutaxassislari jalb qilingan. Jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Ma’lumot uchun, “Artyomovskiy rudnik” koni qimmatbaho metallar qazib olish bilan shug‘ullanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri yaqinidagi Lisiy Nos o‘rmonida O‘zbekiston fuqarosi boshiga qop kiydirilgan holda pichoq orqali yetkazilgan jarohatlar topilgandi. U Sestroretsk shahrida noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilgani aniqlangan. Jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Krasnoyarsk kon Kuraginskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing