“Rossiyadan migrantlarni ketishga chaqirdim, qaytishga emas!” – Qodirov (video)

Jamiyat

image

Bugun, 16 yanvar kuni “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining o‘rinbosari, “Milliy tiklanish” partiyasi raisi Alisher Qodirovdan  “Aqlingizni ishlating, Rossiyadan tezroq keting! Hech qanday daromad ota-onalar va farzandlaringizning ko‘z yoshiga arzimaydi!” deya musofirlarga qilgan murojaati yuzasidan izoh so‘raldi.

Anjumanda, Rossiyadagi migratsion tizim haqida so‘z ochgan deputat o‘zbekistonlik vatandoshlarga qarata o‘zlarini kamsittirib qo‘ymasligini, qadrlanmayotgan har qanday joydan ketishi kerakligini aytdi. U aynan O‘zbekistonga qaytishni nazarda tutmaganini ham qistirib o‘tdi.

“Rossiyadan migrantlarni ketishga chaqirdim, qaytishga emas”, dedi Alisher Qodirov 

Deputat o‘z so‘zlarini izohlar ekan, faqat Rossiyada emas, balki boshqa rivojlangan mamlakatlarda ham ish borligini bildirdi.

Shuningdek,  u o‘zbekistonliklar juda mehnatkashligini va o‘zbek migrantlari xor bo‘lishi kerakmasligini ta’kidladi. 

“Migrantlar faqat Rossiyada emas, balki Shvetsiya, Norvegiya, Boltiq bo‘yi davlatlari, Polsha, Ruminiya, Avstriya, Germaniya kabi davlatlarga borib ishlashi mumkin”, deydi deputat.

Brifingda, bugungi kunda ko‘plab davlatlar o‘zbekistonlik mehnat migrantlariga katta qiziqish bildirilayotganligi qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada O‘zbekiston fuqarosi OMON tomonidan amalga oshirilgan qiynoq oqibatida vafot etgani va shu sabab Alisher Qodirov o‘zbekistonliklarni zudlik bilan Rossiyani tark etishga chaqirgani haqida xabar berilgan


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya O'zbekiston Milliy tiklanish OMON

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing