Rossiyalik kosmonavt navbatdagi missiyadan chetlashtirildi

Olam

image

Rossiyalik kosmonavt Oleg Artemev Crew-12 missiyasi ekipajidan uchirilishidan ikki yarim oy oldin chetlashtirdi. Bu haqda raketa uchirish bo‘yicha tahlilchi Georgiy Trishkin o‘zining Telegram sahifasida yozdi.

Trishkinning manbalariga ko‘ra, Artemev ITAR eksport cheklovlari – AQSH harbiy texnologiyalarini eksport qilishni tartibga soluvchi qoidalarni buzishi mumkin bo‘lgani sababli chetlashtirilgan. Manbalarning ta’kidlashicha, kosmonavt go‘yoki SpaceX hujjatlari va materiallarini suratga olgan, so‘ngra o‘z telefonidagi maxfiy ma’lumotlarni “tarqatgan”.

“Ikki yarim oy oldin aniq tushuntirishsiz missiyadan chetlatilgani ko‘proq bilvosita belgi, ammo bu ko‘rsatkichdir. Tajribali kosmonavt beixtiyor shunday qo‘pol qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgan vaziyatni tasavvur qilish juda qiyin”, dedi Trishkin.

Tahlilchining fikricha, NASA Artemev atrofidagi janjal ommaga ma’lum bo‘lishini istamaydi. Hech qanday qoidabuzarlik haqida rasman xabar berilmagan.

54 yoshli Oleg Artemev uchuvchi-kosmonavt, Rossiya Qahramoni. U uchta kosmik parvozni amalga oshirgan va u yerda jami 560 kun o‘tkazgan. 2019 yildan beri Artemev Moskva shahar dumasi deputati va “Yagona Rossiya” partiyasi a’zosi.

Crew-12  – NASA’ning Crew dasturi doirasida Ilon Maskning SpaceX kosmik kemasi, American Crew Dragon’ning ekipajli o‘n ikkinchi parvozi. Koinot kemasi 2026 yilning fevral oyida to‘rt nafar ekipaj a’zosini Xalqaro kosmik stansiyaga yetkazishi kutilmoqda.

Missiya NASA -“Roskosmos” kosmik kemalari almashinuv dasturining bir qismidir. Ushbu dastur doirasida amerikalik astronavtlar XKSga Rossiyaning “Soyuz” kemasida, rossiyalik kosmonavtlar esa American Crew Dragon kosmik kemasida uchadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning “Soyuz MS-28” kosmik kemasi Qozog‘istondagi Bayqo‘ng‘ir kosmodromidan Xalqaro kosmik stansiya (XKS)ga uchirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

NASA Ilon Mask Oleg Artem'ev rossiyalik kosmonavt Georgiy Trishkin ITAR American Crew Dragon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing