Meksika Prezidenti Ilon Maskni sudga bermoqchi

Olam

image

Meksika Prezidenti Klaudiya Sheynbaum milliarder Ilon Maskni sudga berish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar berdi.

Bunga Maskning X ijtimoiy tarmog‘ida qilgan bayonoti sabab bo‘lgan. U “Xalisko yangi avlodi” karteli rahbari  – “El Mencho” laqabi bilan tanilgan Nemesio Oseguera Servantesning qo‘lga olinishi va o‘ldirilishi ortidan post qoldirgan. Postda 2025 yildagi uning zo‘ravonligi aks etgan videoga izoh berilib, Sheynbaum kartel rahbari aytgan fikrlarni takrorlayotgani iddao qilingan.

Prezident Sheynbaum matbuot anjumanida hukumat yuristlari vaziyatni o‘rganayotganini va sudga murojaat qilish ehtimoli borligini ma’lum qilgan. U, shuningdek, mamlakat xavfsizlik siyosati keskinlashtirilmasligini, asosiy maqsad tinchlik va barqarorlikni ta’minlash ekanini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, “El Mencho” Meksikadagi eng yirik narkokartellardan birining rahbari edi. U joriy yilning 23 fevral kuni hukumat tomonidan o‘tkazilgan maxsus harbiy amaliyot vaqtida halok bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Meksikaning Xalisko shtatida joylashgan qamoqxonalardan birida yuzaga kelgan qurolli hujum va tartibsizliklar oqibatida 23 nafar mahbus qochib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Meksika Ilon Mask Klaudiya Sheynbaum narkokartel “El' Mencho”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing