Rustam Qosimjonov lavozimga tayinlandi

Jamiyat

image

Xalqaro grossmeyster, 2004 yilgi FIDE jahon chempioni Rustam Qosimjonov shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi. Bu haqda mamlakat shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

“Rustam Qosimjonov o‘zbek shaxmatining faxrli vakili, chuqur bilim va katta xalqaro tajribaga ega mutaxassis. U dunyoning eng kuchli grossmeysterlaridan biri bo‘lishi bilan birga, xalqaro darajadagi sportchilar bilan murabbiy sifatida ham faol ishlagan”, deyilgan federatsiya xabarida.

Uning oldiga quyidagi vazifalar qo‘yildi:

  • xalqaro maydondagi barqaror natijalarni mustahkamlash;
  • yoshlar uchun zamonaviy tayyorgarlik tizimini yo‘lga qo‘yish;
  • jamoani yirik musobaqalarga sifatli tayyorlash.

Ma’lumot uchun, Rustam Qosimjonov 1979 yil 5 dekabrda tug‘ilgan. U o‘zbek xalqaro shaxmat grossmeysteri, 1998 yilda Osiyo chempioni bo‘lgan. FIDE tasnifiga ko‘ra 2004-2005 yillar davomida shaxmat bo‘yicha jahon chempioni.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov 2025–2029 yillar uchun FIFA qo‘mitasi raisi o‘rinbosari etib tayinlangandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rustam Qosimjonov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing