FIDE reytingi yangilandi. O‘zbek shaxmatchilarining o‘rni qanday?
Sport
−
01 may 9881 1 daqiqa
Jahon shaxmat federatsiyasi aprel oyi yakunlangach, o‘z reytingini yangiladi. Mazkur yangilangan Jahon reytingida kuchli 100 likdan 5 nafar o‘zbekistonlik grossmeyster joy oldi. Bu haqda FIDE rasmiy sahifasi xabar berdi.
Yangilangan reytingda O‘zbekistonning birinchi raqamli shaxmatchisi Nodirbek Abdusattorov 6-pog‘onada joylashdi. Ammo uning ochkolari 1.9 ballga kamaydi. Ayni vaqtga kelib, u 2771.1 ochko jamg‘argan.

Javohir Sindorov aprel oyida reyting uchun 0.1 ochko qo‘lga kiritdi. Lekin o‘zbekistonlik grossmeyster bir pog‘ona pastlab, 31-o‘ringa tushdi. Hozirda Sindorov hisobida 2760.1 ball bor.
Tajribali shaxmatchi Rustam Qosimjonov 2675 ochko jamg‘arib, aprel oyida 2 pog‘ona pastlagan holda 48-o‘rinni egalladi.
Nodirbek Yoqubboyev 2665 ochko to‘plab, o‘tgan oydagi o‘rnidan 1 pog‘ona yuqorilab, 60-o‘rinni band etdi.
Live
Barchasi