Saida Mirziyoyeva Avstriya Federal kansleri bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Bugun, 3 iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Avstriya Federal kansleri Kristian Shtoker bilan uchrashdi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Uning bildirishicha, suhbat chog‘ida O‘zbekiston–Avstriya munosabatlarini rivojlantirish, siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va madaniy hamkorlikni kengaytirish yuzasidan fikr almashilgan.

Shuningdek, O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan o‘zaro aloqalari va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning yangi imkoniyatlari alohida muhokama qilingan.

“O‘zaro ishonch va hurmat ruhidagi sheriklikni yanada kengaytirishdan har ikki tomon ham manfaatdor ekani ta’kidlandi”, deydi O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva Avstriya parlamentida Federal kengash raisi Markus Shtotter hamda Milliy kengash raisi Valter Rozenkrans bilan uchrashuv o‘tkazgan edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Saida Mirziyoeva Avstriya Kristian Shtoker

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing