Saida Mirziyoyeva Misrdagi “Al-Azhar” masjidini ziyorat qildi (foto)
Jamiyat
−
09:34 4379 1 daqiqa
Kecha, 9 dekabr kuni Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qohirada Shayx Zoid nomidagi “Insoniy birodarlik” mukofoti hay’ati yig‘ilishi doirasida eng qadimiy masjidlardan birini ziyorat qildi. Bu haqda Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida xabar berdi.
.jpg)
.jpg)
.jpg)
Qayd etilishicha, Saida Mirziyoyeva "Al-Azhar" majmuasi Bosh imomi Shayx Ahmad Muhammad Tayyib bilan uchrashgan.
.jpg)
.jpg)
.jpg)
Uchrashuv davomida tinchlik, o‘zaro anglashuv va inson qadr-qimmatini yuksaltirish orqali mukofot missiyasini amalga oshirishning dolzarb masalalari muhokama qilingan. Insoniy birodarlik deklaratsiyasida belgilangan tamoyillarni saqlab qolish va rivojlantirish, global miqyosda hamkorlik va o‘zaro hurmatni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash zarurligi qayd etilgan.
.jpg)
.jpg)
.jpg)
“Eng qadimiy masjidlardan biri – “Al-Azhar”ni ziyorat qilish sharafiga muyassar bo‘ldik”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva Misr bosh imomi bilan uchrashgandi.
Live
Barchasi