Saidov Italiyada Meloni bilan uchrashdi
Jamiyat
−
15 Oktabr 4608 1 daqiqa
Bugun, 15 oktyabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Rimda Italiya Bosh vaziri Jorja Meloni bilan uchrashdi. Bu haqda Saidov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
“Rimga tashrifimiz chog‘ida Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni Xonim Oliyalari bilan samimiy va mazmunli muloqot o‘tkazdik”, deydi Saidov.
Uning bildirishicha, uchrashuvda O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarining ijobiy sur’atda rivojlanayotgani qayd etilgan.
“Barcha yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish borasidagi o‘zaro intilishlarimizni yana bir bor tasdiqladik. Italiya Yevropadagi O‘zbekistonning eng yaqin hamkorlaridan biri sifatida alohida o‘rin tutadi. Ishonch, do‘stlik va taraqqiyotga sodiqlik tamoyillariga asoslangan sherikligimizni yanada rivojlantirishda davom etamiz”, deydi O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri.
Qayd etish joiz, bungacha Saidov Rim shahrida bo‘lib o‘tgan “Aqaba jarayoni 2025” yig‘ilishida ham ishtirok etgan. Ushbu tadbir davlat rahbarlari, vazirlar va yuqori martabali rasmiylarni global va mintaqaviy xavfsizlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashish uchun bir joyga jamlagan.
Live
Barchasi