Samarqand viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Bobur Botirovich Karimov Samarqand viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumot uchun, Bobur Karimov 1991 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Ayni paytga qadar ushbu lavozimda ishlab kelgan Bahodir Rahimovich Qodirov boshqa ishga o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Otabek Hasanboyevich Bozorov Namangan viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand hokim o'rinbosari Bobur Botirovich Karimov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing