Samarqandda marmar toshlar orasidan narkotik topildi
3-sahifa
−
16 dekabr 4306 1 daqiqa
Samarqand viloyatida qurilishda foydalaniladigan marmar toshlar orasiga giyohvand moddalarini yashirgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, DXXning Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda Bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida xorijiy davlat fuqarosi hamda Samarqand viloyatida yashovchi 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingan.
Aniqlanishicha, chet ellik fuqaro qurilishda foydalaniladigan marmar toshlar orasiga giyohvandlik vositalarini yashirgan holda O‘zbekistonga olib kelgan, mahalliy fuqarolar esa ushbu og‘uni sotish bilan shug‘ullangan.
Tezkor tadbir davomida jami 37 kg 421 g “ekstraksion opiy” giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan hamda hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq DXXning Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat Bojxona boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Tojikistondan olib kelingan ko‘p miqdordagi giyohvandlik vositasining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yilgandi.
Live
Barchasi