Samarqandda 740 mln so‘mlik oltinni noqonuniy pullayotganlar ushlandi 

3-sahifa

image

Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida noqonuniy oltin savdosiga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha,Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida tezkor tadbir o‘tkazilganda Navoiy va Samarqand viloyatlarida yashovchi, 1982, 1984 va 1996 yillarda tug‘ilgan 3 nafar fuqaro qonunga xilof ravishda jami og‘irligi 475 grammni tashkil qilgan 2 bo‘lak oltin quymalarni xaridorga 737 mln so‘mga sotishga kelishib, oldindan 500 mln so‘m olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasining tegishli xulosasiga ko‘ra, 994 asillik darajasidagi ushbu oltin quymalarning sof og‘irligi 472 gr bo‘lib, umumiy qiymati 740,4 mln so‘mni tashkil etgani ma’lum bo‘lgan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.

Tergov davomida mazkur shaxslarning 2 nafari muqaddam sudlangan bo‘lib, ulardan biri hozirda axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotgani ma’lum bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistondan quyma oltin bo‘laklarini chaqaloq tagligi ichiga yashirgan holda olib chiqishga bo‘lgan urinish fosh etilgan edi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

oltin Samarqand Davlat xavfsizlik xizmati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing