Samarqandda ayol erini qamoqdan chiqarish uchun alimentni o‘zi to‘ladi
Jamiyat
−
13 noyabr 6437 1 daqiqa
Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida aliment to‘lamagani uchun 15 sutkaga qamalgan erning turmush o‘rtog‘i qarzlarni o‘zi to‘lab, uni qamoqdan chiqarib oldi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi katta inspektori Jaloliddin Sherboyev xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ayol eri bilan bir xonadonda istiqomat qiladi va sud tartibida turmush o‘rtog‘idan aliment undiradi. Navbatdagi janjaldan keyin er aliment to‘lanmagani uchun 15 sutka ma’muriy qamoq jazosiga tortilgan.
Turmush o‘rtog‘isiz ro‘zg‘or yuritish mushkullashgach, ayol aliment bo‘yicha qarzdorlikni o‘zi to‘liq to‘lab bergan va beshinchi kuniyoq sudga murojaat qilgan. Sud qarorni bekor qilib, er ozodlikka chiqarilgan.
Hozirgi paytda tomonlar yarashgani, bolalar tarbiyasi bilan band ekani ma’lum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumani Nursuh mahallasida yashovchi 34 yoshli erkak aliment to‘lovi sababli xotini va 2 yoshli qizini o‘ldirib qo‘ygandi.
Live
Barchasi