Samarqandda xorijiy korxona tabiatga 7 milliard so‘m zarar yetkazdi

3-sahifa

image

Samarqand viloyatida xorijiy tog‘-kon korxonasi tomonidan tabiatga 7 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, xorijiy korxona litsenziya shartlari va amaldagi qonun talablarini buzgan holda qariyb 51 kub metr tuproqni noqonuniy ravishda qazib olgan. Holat bo‘yicha materiallar Bosh prokuraturaga yuborilgan.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi tomonidan Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida joylashgan “S.I.” xorijiy korxonasi faoliyati yuzasidan tekshiruv o‘tkazilgan.

Tekshiruvda aniqlanishicha, 2024 yil 25 noyabrda O‘zbekiston Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi “Yer qa’ridan foydalanish markazi” DMning 2024 yil 23 oktyabrdagi 44-sonli qaroriga asosan Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani markazidan 7,7 km shimoli-g‘arbda joylashgan 11,3 gektar maydondagi lyossimon jinsdan iborat bo‘lgan “Jomboy 3” uchastkasida geologik-qidiruv ishlarini o‘tkazish uchun elektron onlayn auksion o‘tkazilgan.

Auksionda “S.I.” xorijiy korxonasi g‘olib deb topilib, 2024 yil 27 noyabrda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tomonidan geologik-qidiruv ishlarini o‘tkazish uchun ruxsatnoma berilgan.

Biroq korxona qazib olish uchun tegishli tartibdagi ruxsatnomani rasmiylashtirmagan hamda geologik o‘rganish maqsadida berilgan ruxsatnoma hamda auksion shartlarida ko‘rsatilgan talablarga rioya qilmagan holda noruda qazilmalarni noqonuniy qazish ishlarini amalga oshirgan.

O‘lchov ishlari amalga oshirilganida xorijiy korxona tomonidan 50 859,25 m3 tuproq (lyossimon jinslar) noqonuniy qazib olingani aniqlangan.

Mazkur holat oqibatida “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunning 18-48-moddalari hamda “Yer qa’ri to‘g‘risida”gi qonunning 34-moddasi talablari buzilgan.

Shuningdek, tabiatga 7 milliard 374 million 591 ming 250 so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi. 

“To‘plangan hujjatlar holatga huquqiy baho berish va tegishli chora ko‘rish maqsadida Bosh prokuraturaga yuborildi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  Bekobodda tabiatga qariyb 17 mlrd so‘m zarar yetkazilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand tabiat zarar tog'-kon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing