Samarqandda Rossiyadan to‘pponcha olib kelgan erkak qo‘lga tushdi

Jamiyat

image

Kecha, 4 dekabr kuni “Sankt-Peterburg-Samarqand” reysi bilan O‘zbekistonga kelgan 39 yoshli erkakning yuklari ichidan to‘pponcha topildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ'ga Samarqand viloyati Bojxona boshqarmasi ma’lum qildi.

O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan A.D. kirish zaliga kelib, o‘ziga tegishli bo‘lgan bagajlarni olgan va ixtiyoriy ravishda “yashil” yo‘lakni tanlagan. U bojxona nazoratidan o‘tayotganida bojxona xodimlarida shubha uyg‘otgan va fuqaro “qizil” yo‘lakka o‘tkazilib, unga tegishli bagaj sumkasi xolislar ishtirokida tekshirilgan. Bagaj sumkasi ichidan esa 1 dona penevmatik to‘pponcha, 4 dona siqilgan havo balonchalari va 105 dona o‘q topilgan.

Fuqaro qurolni Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida notanish bir shaxsdan sotib olgani va shaxsiy foydalanish uchun olib kelayotganini ma’lum qilgan. To‘pponcha, siqilgan havo balonchalari va o‘qlar vaqtincha saqlovga olib qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 yanvaridan 30 avgustigacha bo‘lgan davrda Toshkent aeroportida 535 ta taqiqlangan buyum musodara qilingandi. Ularning orasida sovuq qurollar (pichoqlar, xanjarlar, kastetlar), harbiy qurol-yarog‘ va ularga o‘xshatmalar, pirotexnika vositalari (paqildoqlar, bengal chiroqlari), gaz va qalampirli ballonlar, dubulg‘alar va elektroshokerlar, kimyoviy moddalar va ko‘p maqsadli qurilmalar (o‘yinchoqli to‘pponchalar, brelokli o‘qlar, shuningdek, dronlar) bor.


Maqola muallifi

Teglar

Sankt-Peterburg Samarqand O'zbekiston to'pponcha

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing