Samarqandda Onix urib yuborgan piyoda vafot etdi
3-sahifa
−
06 mart 2978 1 daqiqa
Samarqandda Onix haydovchisi yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yubordi va oqibatda u vafot etdi. Bu haqda “Millar” xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, voqea kuzatuv kamerasiga tushib qolgan. Videoda uch nafar piyodalar yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan paytda Onix mashinasi ulardan birini urib yuborgan.
Hozirda mazkur holat bo‘yicha tergovga qadar surishtiruv ishlari boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Baliqchi tumanida 9 yoshli bolani ZIL mashinasi urib ketgandi.
Live
Barchasi