Samarqandning yoshi qayta baholandi. Endi u yanada qadimiy

Jamiyat

image

Samarqand shahrining yoshi 3000 yil deb qayta baholandi. Bu haqda Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida qaror qabul qilindi. 

Qayd etilishicha, ushbu qaror hokimlik tashabbusi bilan tashkil etilgan jamoatchilik kengashi va tarixchi-arxeologlarning izlanishlari asosida qabul qilingan. 

Shahrning yoshini aniqlash maqsadida Afrosiyob, Ko‘ktepa va Amir Temur arkida fanlararo tadqiqotlar va qazishmalar olib borilgan. Topilgan arxeologik dalillar, xususan, miloddan avvalgi VII-IV asrlarga oid mudofaa devori, xom g‘ishtlar, hayvon suyaklari va sopol parchalari asosida mutaxassislar Samarqandda ilk urbanizatsiya miloddan avvalgi I ming yillik boshlarida boshlangan, degan xulosaga kelgan. 

Sessiyada O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, Samarqand arxeologiya instituti va xalqaro hamkor tashkilotlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijalari bo‘yicha Samarqand shahrining ilk urbanizatsiyasi miloddan avvalgi II ming yillik oxiri va I ming yillik boshiga taalluqli ekani haqidagi taqdimot materiallarini ma’lumot uchun qabul qilish, Afrosiyob va Ko‘ktepa hududlarida olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida topilgan osori-atiqalar, ilmiy ma’lumotlar va hujjatlarni tegishli vazirlik va idoralarga taqdim etish bo‘yicha qaror qabul qilingan.

Ma’lumot uchun, Samarqand shahrining yoshi bosqichma-bosqich quyidagicha aniqlangan. Ilk ilmiy izlanishlar davrida shahrning yoshi 1500 yil deb taxmin qilingan. So‘ngra 2000 yil deb baholangan. 1970 yillarda esa yirik ilmiy tadqiqotlar asosida 2500 yil deb e’lon qilingan. 2000 yillarda O‘zbekiston–Fransiya qo‘shma ekspeditsiyasi tadqiqotlari asosida 2750 yil deb aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand Afrosiyob Amir Temur

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing