Saudiya chempionati yetakchisi “Siti” futbolchisini nishonga oldi
Sport
−
24 aprel 7118 1 daqiqa
Saudiyaning “Al-Ittihod” klubi “Manchester Siti” klubi darvozaboni Ederson Morayeshni sotib olish borasida muzokaralarni boshladi. Bu haqda “Foot Mercato” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Al-Ittihod”ning asosiy transfer maqsadi aynan “shaharliklar” posboni hisoblanadi. Ayni vaqtga kelib, jiddaliklar sport direktori va futbolchining agenti ushbu transfer borasida muzokara olib bormoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Ederson “Siti” safiga 2017 yilda kelib qo‘shilgan va amaldagi shartnomasi 2026 yilning iyuniga qadar mo‘ljallangan. 31 yoshli braziliyalik kiperning narxi “Transfermarkt” portalida 25 million yevroga baholangan.
Live
Barchasi