Saudiya klubi Anchelottiga “yog‘li” taklif bilan chiqdi

Sport

image

Saudiya Arabistonining nomi oshkor etilmagan futbol klubi Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelottiga 50 million yevrolik shartnoma taklif qildi. Bu haqda “Marca” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, italiyalik mutaxassis bu taklifni rad etmaydi. “Qaymoqranglilar” ustozi Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF) taklifini rad etgani haqida xabarlar tarqaldi, murabbiy aynan Saudiyada ishlash variantlarini ko‘rib chiqmoqda

Qayd etish joiz, Saudiyaning “Al-Hilol” klubi nafaqat Anchelottiga, balki “Real” yulduzi Vinisiusga ham mo‘maygina taklif bilan chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Anchelotti qachongacha qaymoqranglilar ustozi sifatida faoliyat olib borishi xabar qilingandi.

Qayd etilishicha, Anchelotti klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatini o‘tkazib, qirollik klubini tark etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Real Karlo Anchelotti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing