Saudiya Pro ligasi futbolchilarining transfer narxi yangilandi
Sport
−
19 dekabr 723 1 daqiqa
Transfermarkt portali Saudiya Pro ligasi futbolchilarning bozor qiymatlarini yangiladi. Unga ko‘ra, Portugaliya milliy terma jamoasi va “Al Nasr” klubi futbolchisi Krishtianu Ronalduning bozor qiymati o‘zgarishsiz qoldi.
Ixtisoslashtirilgan futbol sayti futbolchilarning bozor qiymatini yangilaganidan so‘ng, “Al Qodisiya” futbolchisi Mateo Retegining narxi 5 million yevroga pastlab, 40 million yevro deya baholandi va bu ko‘rsatkich bilan italiyalik hujumchi liganing eng qimmat futbolchisiga bo‘lib turibdi. Ikkinchi o‘rinda 35 million yevro bilan “Al Hilol” futbolchisi Darvin Nunes turibdi. Portugaliya terma jamoasi sardori Ronaldu esa 12 million yevro bilan bu ro‘yxatda 24-pog‘onani egallab turibdi.
Transfermarkt'ga ko‘ra, hozirda “Al Hilol” jamoasining bozor qiymati 192 million yevro bilan Saudiya Pro ligasining eng qimmat jamoasi bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Argentina milliy terma jamoasi va “Inter Mayami” klubi futbolchisi Lionel Messining bozor qiymati 3 million yevroga pastlagan edi.
Live
Barchasi“Samarqand darvoza”da Tahoe yonib ketdi
19 dekabr