Toshkentda belgilanmagan joyga chiqindi tashlaganlar 2 mlrd so‘m jarimaga tortildi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlagan va sanitariya qoidalarini buzgan shaxslarga nisbatan 2 milliard so‘mdan ortiq ma’muriy jarimalar qo‘llandi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi. 

Hokimlik ma’lumotlariga ko‘ra, “Xalq nazorati” platformasi orqali fuqarolardan ekologiyaga oid 62 863 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shularning 60 906 tasi hal etilgan.

Shular doirasida chiqindilar bilan bog‘liq 3 696 ta qonunbuzilish holati aniqlanib, huquqbuzarlarga nisbatan jami 2 milliard so‘mlik ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan. 

Shuningdek, 812 ta maxsus texnika yordamida 585 ta mahalla hududidan 14 ming tonna maishiy va qattiq chiqindilar chiqarilib, poligonlarga joylashtirilgan. 8 573 ta ko‘p qavatli uylar hududi tozalangan, 2 890 tup daraxt parvarish qilinib, dekorativ shakl berilgan.

Shahar bo‘ylab sanitariya holatini o‘rganish jarayonida 594 ta ob’ekt tekshirilib, 365 tada qonunbuzilish holatlari aniqlangan va bartaraf etilgan.

Bildirilishicha, shahar mahallalari, ko‘p qavatli uylar hamda suv havzalari chiqindilardan tozalanmoqda. Belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash, atrof-muhitni ifloslantirish holatlari bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rilmoqda.

Belgilangan tartibni buzgan fuqarolar va tashkilotlarga nisbatan ma’muriy jarimalar qo‘llanib, bu borada profilaktika ishlari kuchaytirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 42 ta maishiy chiqindi poligoni tugatilib, yerlar tabiatga qaytarilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent chiqindi Xalq nazorati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing