Sharmandali natija! “Napoli” yevrokuboklarda ilk bor 6 ta gol o‘tkazib yubordi
Sport
−
22 Oktabr 1886 1 daqiqa
Bugun, 22 oktyabrga o‘tar kechasi UEFA Yevropa Chempionlar Ligasining 3-turi doirasida Italiyaning “Napoli” klubi safarda Niderlandiyaning PSV jamoasidan yirik hisobdagi mag‘lubiyatga uchradi – 2:6. Uchrashuv Eyndxovendagi “Filips” stadionida bo‘lib o‘tdi.
Bu natija “Napoli” uchun antirekord hisoblanadi. Ya’ni neapolliklar ilk bor yevrokuboklar doirasidagi bir o‘yinda 6 ta gol o‘tkazib yubordi. Bu haqda “Opta Sport”ga tayanib “Chempionat” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, oxirgi marta “Napoli” 1997 yilda bir o‘yinda olti gol qabul qilib olgan edi. O‘shanda jamoa Seriya A doirasida “Sampdoriya”ga 3:6 hisobida mag‘lub bo‘lgan.
Uch turdan keyin PSV to‘rt ochko bilan umumiy jadvalning yuqori qismida joylashgan. “Napoli” esa uch ochko bilan pastki pog‘onalardan o‘rin oldi.
Ma’lumot uchun, kelasi turda PSV mehmon sifatida “Olimpiakos”ga qarshi bahs olib boradi, “Napoli” esa Neapolda Germaniyaning “Ayntraxt” jamoasini qabul qiladi. Har ikki uchrashuv 4 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Jahongir Inomjonov
Live
Barchasi