Lukakuning jarohati “Napoli”ga og‘ir zarba bo‘ldi

Sport

image

Italiyaning “Napoli” jamoasi hujumchisi Romelu Lukaku jiddiy jarohat oldi. Belgiyalik futbolchi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va uning chap son mushaklariga og‘ir shikast yetgani aniqlandi. Bu haqda “La Gazzetta dello Sport” xabar berdi.
Dastlabki xabarlarga ko‘ra, Lukaku kamida uch oy maydonga tusha olmaydi. 
Futbolchi Gretsiyaning “Olimpiakos” jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida jarohat olgan edi. Endi “Napoli” klubi mavsumni asosiy hujumchisiz boshlashiga to‘g‘ri kelishi mumkin. Lukakuning yo‘qligi Konte rejalariga katta ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda. 
“Napoli” jamoasi “A Seriya” startida ham, xalqaro musobaqalarda ham yuqori maqsadlar qo‘ygan, ammo asosiy hujumchining jarohati jamoa hujum chizig‘ini jiddiy zaiflashtirishi mumkin.
Manbaga ko‘ra, “Napoli” jamoasi bosh murabbiysi Antonio Konte  transfer bozori yopilmasdan yangi hujumchi bilan shartnoma imzolamoqchi.  Konte hujum chizig‘ini mustahkamlash uchun bir nechta variantlar  ko‘rmoqda. Ulardan eng diqqatga sazovori — Angilyaning “Manchester Yunayted” klubi futbolchisi Rasmus Xyoylunn.
“Napoli” daniyalik hujumchini bir mavsumga ijaraga olish tarafdori, biroq “Manchester Yunayted” uni sotish niyatida. Muzokaralar davom etmoqda va Xyoylunn transferi “Napoli” uchun asosiy ustuvor variantlardan biri bo‘lib qolmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Yunayted Napoli Romelu Lukaku A Seriya Olimpiakos

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing