Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga jo‘nab ketdi
Jamiyat
−
21 aprel 1417 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning taklifiga binoan bugun, 21 aprel kuni amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston rahbari ertaga Qozog‘iston poytaxtida bo‘lib o‘tadigan Mintaqaviy ekologik sammit va Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlari kengashining yig‘ilishida ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 aprel kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev amaliy tashrif bilani O‘zbekistonga kelgan edi.
Live
Barchasi