Shavkat Mirziyoyev mahallalardagi “yettilik” tizimini tanqid qildi

Jamiyat

image

Mahallalardagi “yettilik” va bankir odamlar muammosini hal qilmayotgan bo‘lsa, demak, shu yerda tizim ishlamayapti. Bu haqda bugun, 23 yanvar kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha 2026 yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan asosiy vazifalar yuzasidan o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida so‘z ochdi.

Qayd etilicha, o‘tgan bir yilda 366 ming oila kambag‘allikdan chiqqan, aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish sohasida qilingan choralar sababli kambag‘allik darajasi 8,9 foizdan 5,8 foizga, ishsizlik esa 5,5 foizdan 4,8 foizga tushgan.

“Bularning barchasi – islohotlarimiz samarasi bo‘lib, davlat va xalq o‘rtasidagi ishonch tobora mustahkamlanib borayotganidan dalolat.

Lekin hali qiladigan ishlarimiz ko‘p. Biz 2026 yilni “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”, deb e’lon qilib, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha katta vazifalarni belgilab oldik.

Chunki mahalla bu – islohot qayerda ishlayotganini ham, qayerda to‘xtayotganini ham aniq ko‘rsatadigan joy. Mahallada ishsiz odam va kambag‘al oila saqlanib qolgan bo‘lsa, demak, islohot o‘sha yerga yetib bormagan. “Yettilik” va bankir odamlar muammosini hal qilmayotgan bo‘lsa, demak, shu yerda tizim ishlamayapti.

Hech bir vazir, viloyat, tuman hokimi, bankir “yettilik”ni bahona qilishga haqqi yo‘q. Imkoniyat va mablag‘ bor, qaror va dastur bor. Yetishmayotgan narsa – mas’uliyat, shaxsiy javobgarlik”, deydi davlat rahbari.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev ettilik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing