Shavkat Mirziyoyev Osiyo Olimpiya kengashi prezidentini mukofotladi (video)

Sport

image

Bugun, 26 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Shavkat Mirziyoyev Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh assambleyasida ishtirok etdi va Osiyo Olimpiya kengashi prezidenti etib saylangan Shayx Jav’an bin Hamad Ol Soniyga Milliy Olimpiya qo‘mitasi Shon-sharaf ordenini topshirdi.

Osiyo Olimpiya kengashi 1982 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Osiyo qit’asida olimpiya harakatini muvofiqlashtiradi va 45 mamlakat milliy olimpiya qo‘mitasi unga a’zo hisoblanadi. Ushbu bosh assambleya doirasida Osiyo olimpiya harakatining asosiy yo‘nalishlari belgilandi hamda kengash prezidenti lavozimiga Qatar Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Shayx Jav’an bin Hamad Ol Soniy saylandi.

Mazkur tadbirlarda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi, Osiyo olimpiya kengashi, WADA, xalqaro sport federatsiyalari rahbarlari hamda boshqa nufuzli sport tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Osiyo Olimpiya kengashi Hamad Ol Soniy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing