Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga yetib bordi
Jamiyat
−
29 yanvar 1638 1 daqiqa
Bugun, 29 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga rasmiy tashrif bilan Anqara shahriga bordi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Esenbog‘a” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonlarni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va rafiqasi kutib olgan.

Ikki davlat bayroqlari ko‘tarilgan, faxriy qorovul saf tortgan.

Davlat rahbarlari va birinchi xonimlar qisqa uchrashuv o‘tkazgan. Suhbatda O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashilgan.

Bugun, 29 yanvar kuni Oqsaroy qarorgohida oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining to‘rtinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Muzokaralarda siyosat, savdo-iqtisodiyot, investitsiya, transport, energetika, madaniyat, gumanitar soha va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirish bilan bog‘liq masalalar atroflicha ko‘rib chiqiladi.


Anqara shahridagi tadbirlar doirasida Xatay viloyatining Arsuz tumanida “O‘zbekiston” turarjoy majmuasining ochilishi va Istanbulda o‘zbek maktabining qurilishini boshlashga bag‘ishlangan marosim ham bo‘lib o‘tadi.
Live
Barchasi