Shavkat Mirziyoyev o‘zbekistonliklarni tabrikladi (video)

Jamiyat

image

Bugun, 21 mart kuni “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim o‘tkazilmoqda. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev butun O‘zbekiston xalqini tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar berdi.

“Butun dunyo nurga, go‘zallikka to‘lgan shu dilbar faslda jonajon diyorimizga sharqona yangi yil – Navro‘zi olam kirib kelmoqda.

Bugun bamisoli ikki azim daryo tutashmoqda – Navro‘z bayramini muborak Ramazon hayiti bilan birga nishonlamoqdamiz.

Tabiatning uyg‘onishi va ruhiy poklanish ramzi bo‘lgan mana shunday qutlug‘ ayyomlar bilan sizlarni, ko‘p millatli butun xalqimizni chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Dunyoning olis va yaqin mamlakatlarida ishlayotgan, tahsil olayotgan vatandoshlarimizni ham muborakbod etib, ularga ezgu salom va tilaklarimizni izhor etaman.

Bayram barchamizga muborak bo‘lsin!

Navro‘zi olam diyorimizga tinchlik va baxt olib kelsin! 

Bugun bahorni sog‘ingan yuraklarimiz yangi kun, yangi hayot shukuhi bilan yashamoqda.

Osmondan obirahmat yog‘ilib, daryo va ko‘llarimiz suvga to‘lmoqda. Bog‘larimiz, qir va adirlarimiz o‘t-o‘lanlar bilan qoplanib, yilimiz barakali bo‘lishidan darak bermoqda.

Shahar va qishloqlarimiz, vodiy va vohalarimizda sail-tomoshalar boshlanmoqda.

Yangilanish fasli bo‘lgan Navro‘z kunlarida xalqimizning umummilliy birdamligi, bunyodkorlik salohiyati yanada yaqqol namoyon bo‘lmoqda”, deydi Prezident.

Navro‘z qadriyatlariga sodiq bo‘lib, millati, tili, dinidan qat’i nazar, har bir o‘zbekistonlikni, butun el-yurtni rozi qilish yo‘lidagi ishlar yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Bu yilgi bayramni “Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir”, degan da’vatkor g‘oya asosida o‘tkazilayotgani ham buning yana bir tasdig‘idir.

Barcha hududlarga, qishloq va ovullar, mahallalarga Yangi O‘zbekiston nafasini olib kirish bo‘yicha katta harakat boshlangani ta’kidlangan.

Yangi ish o‘rinlari yaratish, kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish borasida ham ulkan qadamlar qo‘yilmoqda. Yangi-yangi zamonaviy korxonalar, kommunikatsiya tarmoqlari, shinam uy-joylar, ta’lim, tibbiyot, madaniyat va sport ob’ektlari barpo etilmoqda.

Kelgusida bunday qurilishlar ko‘lami yanada kengaytirilishi ta’kidlangan.

“Ushbu fayzli tongda mirishkor dehqon va fermerlarimizga barchamiz yuksak hurmat va ehtirom bildiramiz.

Siz, azizlarning elimiz dasturxonini yanada to‘kin va farovon qilishdek ezgu ishlaringizda zafar va omadlar tilaymiz. Chunki sizlarning olijanob mehnatingiz bilan xalqimizning rizq-u nasibasi butun bo‘ladi. Bu borada davlatimiz, jamiyatimiz sizlarni doimo qo‘llab-quvvatlaydi”, deydi Prezident.

Barcha hududlarga, qishloq va ovullar, mahallalarga Yangi O‘zbekiston nafasini olib kirish bo‘yicha katta harakat boshlangani ta’kidlangan.

Yangi ish o‘rinlari yaratish, kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish borasida ham ulkan qadamlar qo‘yilmoqda. Yangi-yangi zamonaviy korxonalar, kommunikatsiya tarmoqlari, shinam uy-joylar, ta’lim, tibbiyot, madaniyat va sport ob’ektlari barpo etilmoqda.

Kelgusida bunday qurilishlar ko‘lami yanada kengaytirilishi ta’kidlangan.

“Ushbu fayzli tongda mirishkor dehqon va fermerlarimizga barchamiz yuksak hurmat va ehtirom bildiramiz.

Siz, azizlarning elimiz dasturxonini yanada to‘kin va farovon qilishdek ezgu ishlaringizda zafar va omadlar tilaymiz. Chunki sizlarning olijanob mehnatingiz bilan xalqimizning rizq-u nasibasi butun bo‘ladi. Bu borada davlatimiz, jamiyatimiz sizlarni doimo qo‘llab-quvvatlaydi”, deydi Prezident.

Yangi O‘zbekiston mamlakat yoshlari uchun yuksak parvozlar, katta-katta g‘alabalar maydoniga aylanib bormoqda. Har bir yo‘nalishda – ta’lim, ilm-fan, madaniyat va san’at, sport, axborot texnologiyalari va biznes sohalarida yangi nomlar, yangi qahramonlar paydo bo‘lmoqda. Mana shunday bilimli, jo‘shqin va izlanuvchan o‘g‘il-qizlar bilan barcha haqli ravishda faxrlanadi.

“Aziz farzandlarim, bugun Uchinchi Renessans bunyodkorlari bo‘lishdek ulkan baxt va yuksak sharaf sizlarga nasib etmoqda. Qancha-qancha ajdodlarimiz intilib yashagan shu buyuk orzuni ro‘yobga chiqarishga sizlar, shubhasiz, qodirsiz.

Bugungi tinch va osoyishta hayotning, yaratilgan katta imkoniyatlar, ota-onalar, ustoz-murabbiylaringiz mehnatining qadriga yetib, tinimsiz o‘qib-o‘rgansangiz, bilim va mahoratingizni doimo oshirib borsangiz, kelajak, albatta, siznikidir.

Bu yo‘lda sizlarga, butun O‘zbekiston yoshlariga yana qanday sharoit zarur bo‘lsa, barchasini yaratib berishga tayyormiz. Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun deb yashasangiz, Vatan va xalq ham sizni e’zozlab, boshiga ko‘taradi!

Yangi O‘zbekistonning oltin avlodi bo‘lib, uning zafar bayrog‘ini baland ko‘tarishdan hech qachon to‘xtamang, aziz farzandlarim!” deydi davlat rahbari.

Mahalla deganda, odamning ko‘z oldida, avvalo, ona yurtning go‘zal timsoli namoyon bo‘ladi.

“Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”da yaxshi niyat bilan katta dastur va rejalar amalga oshirilmoqda.

Prezident bu ishlarda oila va jamiyatda tinchlik-totuvlik, o‘zaro mehr-oqibatni mustahkamlash, ijtimoiy muammolarni joyida hal etish, ezgulik va adolatni qaror toptirish uchun ko‘pni ko‘rgan otaxon va onaxonlar, “mahalla yettiligi”, faol fuqarolar yaqindan ishtirok etishiga ishonch bildirgan.

Fursatdan foydalanib, ertaga nishonlanadigan Mahalla tizimi xodimlari kuni bilan jonkuyar mahalla raislari va faollarini, barcha yurtdoshlarni chin qalbdan tabriklab, ularga yangi muvaffaqiyatlar tilagan.

Ming yillar davomida xalqlar o‘rtasida ma’naviy ko‘prik bo‘lib kelayotgan Navro‘zning tinchlik, do‘stlik va hamkorlik g‘oyalari bugungi notinch zamonda yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

O‘zbekistonda yashayotgan 130 dan ortiq millat va elat vakillari bu bayramni bir bo‘lib, shod-u xurramlik bilan nishonlamoqda. Mana shunday ahillik va totuvlik Yangi O‘zbekistonni birgalikda barpo etishning eng ishonchli kafolati.

“Biz jamiyatimizda millatlar va dinlararo hamjihatlikni bundan buyon ham mustahkamlash uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz. Bu borada qo‘shni va qardosh mamlakatlar bilan birga yagona Markaziy Osiyo ovozi bo‘lib, mintaqamizning tinchlik, birodarlik va hamkorlik makoni sifatidagi nufuzini oshirishga ustuvor ahamiyat qaratamiz”, deydi Prezident.

Davlat rahbari tadbirda ishtirok etayotgan xorijiy davlatlarning elchilarini, xalqaro tashkilotlar vakillarini Xalqaro Navro‘z kuni bilan samimiy qutlab, ularning o‘lkalari va xalqlariga qizg‘in tabriklarini yo‘llagan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Navro'z

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing