Sherzodxon Qudratxo‘ja MMB raisligidan ketdi

Jamiyat

image

Jurnalist, O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja O‘zbekiston Milliy media birlashmasi boshqaruvi raisi lavozimidan ozod etildi. U ushbu lavozimda 2022 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Sherzodxon Qudratxo‘jadan bo‘sh qolgan o‘rinni oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Odiljon Tojiyev egalladi. 

Ma’lumot uchun, Odiljon Tojiyev davlat boshqaruvi tizimida, xususan Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Qonunchilik palatasi Spikerining raqamli rivojlanish va axborot siyosati masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan. 

Sherzodxon Qudratxo‘janing nima sababdan lavozimini tark etgani hozircha ma’lum emas. 


Maqola muallifi

Teglar

Sherzodxon Qudratxo'ja Milliy media birlashmasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing