Shumkov Xalokov bilan Toshkentda revansh jangini o‘tkazmoqchi 

Sport

image

Rossiyalik bokschi Vsevolod Shumkov Dubayda bo‘lib o‘tgan IBA Jahon chempionatining 60 kg vazn toifasidagi finalida mag‘lub etgan Abdumalik Xalokov bilan Toshkentda yana bir bor to‘qnash kelishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda “All Boxing” nashri xabar berdi.

Rossiya boks federatsiyasi murabbiylar kengashi raisi Eduard Kravtsovning so‘zlariga ko‘ra, IBA IBA.PRO turnirlaridan birida bokschilar o‘rtasida revansh jangini tashkil qilishga tayyor ekanini ma’lum qilgan.

“Menimcha, xolis qaror qabul qilindi. Men IBA prezidenti Umar Nazarovich Kremlev revansh tashkil qilishga va ikkala sportchiga ham IBA.PRO formatida eng kuchlini aniqlash imkoniyatini berishga tayyorligini bilaman. Savol tug‘iladi: agar O‘zbekiston tomoni Xalokovning bu vazn toifasida haqiqatan ham eng kuchli ekanligini isbotlash uchun revansh o‘tkazishni istasa, bunga rozi bo‘ladimi? Men Vsevolod Shumkov bilan ham gaplashdim. Va u istalgan vaqtda, istalgan joyda revansh o‘tkazishga tayyor. Bundan tashqari, Shumkov Toshkentda revansh o‘tkazishga ham tayyor”, dedi Kravtsov “Match TV” telekanaliga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 13 dekabr kuni Dubayda bo‘lib o‘tgan boks IBA Jahon chempionatining 60 kg vazn toifasidagi bahsli final jangida Abdumalik Xalokov rossiyalik Vsevolod Shumkovga mag‘lub bo‘lgan edi.  Jang davomida shumkov Xalokovni tishlab olgan edi.

Eslatib o‘tamiz, keyinchalik IBA mazkur epizodni ekspertlar tomonidan atroflicha o‘rganilib, muhokama qilinganidan so‘ng, musobaqa natijasini o‘zgarishsiz qoldirtirilishini ma’lum qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

IBA Abdumalik Xalokov Vsevolod Shumkov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing