Shumkov Xalokovga “vizov” tashladi (video)
Sport
−
13:39 5938 2 daqiqa
Rossiyalik bokschi Vsevolod Shumkov Dubayda bo‘lib o‘tgan IBA Jahon chempionatining 60 kg vazn toifasidagi finalida mag‘lub etgan Olimpiada chempioni Abdumalik Xalokovga murojaat yo‘lladi.
“Men barcha boks ishqibozlariga, xususan, O‘zbekiston xalqiga murojaat qilmoqchiman. Men o‘zbek xalqiga katta hurmat bilan qarayman, menda bu yerda ko‘plab muxlislar va do‘stlar bor, ular mening g‘alabamni tinmay qo‘llab-quvvatlaydi. Menga Xalokovga revansh jangini taklif qilganlarida men shubhasiz rozilik bildirdim. Hatto raqibimning o‘z yurtida, Toshkentda ham o‘z unvonimni himoya qilishga tayyorman. Har qanday shartlar, har qanday joyda men go‘zal va tomoshabop boks namoyish etishga tayyorman, shunda hech kim mening g‘alabamdan shubhalanmasin.
Afsuski, siyosiy sabablar tufayli bizning terma jamoamiz Olimpiadada ishtirok eta olmadi va Xalokov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Hozirgi Jahon chempionatida bizning jamoamiz shuni isbotladi: agar biz Olimpiadada qatnashganimizda natija butkul boshqa bo‘lardi. Abdumalik, keling go‘zal boksni ko‘rsatamiz. Javobingizni kutyapman”, deya murojaat yo‘llagan Shumkov.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 13 dekabr kuni Dubayda bo‘lib o‘tgan boks IBA Jahon chempionatining 60 kg vazn toifasidagi bahsli final jangida Abdumalik Xalokov rossiyalik Vsevolod Shumkovga mag‘lub bo‘lgan edi. Jang davomida Shumkov Xalokovni qulog‘ini tishlab olgan edi.
Eslatib o‘tamiz, keyinchalik IBA mazkur epizod ekspertlar tomonidan atroflicha o‘rganilib, muhokama qilinganidan so‘ng, musobaqa natijasi o‘zgarishsiz qoldirilishini ma’lum qilingandi.
Live
Barchasi