SI xavfi sabab Britaniyada yoshlar hunar o‘rganishni tanlayapti
Olam
−
02 dekabr 5299 2 daqiqa
Sun’iy intellektning tez sur’atlarda rivojlanishi Buyuk Britaniyada mehnat bozorini tubdan o‘zgartirdi. Shu o‘zgarishlar fonida ko‘plab yoshlar ofis ishlaridan voz kechib, santexniklik, duradgorlik, payvandchilik, elektrmontajchi kabi qo‘l mehnati talab qiladigan hunarmandchilik kasblarini tanlamoqda. Chartered Institute of Personnel and Development bu boradagi tadqiqotini e’lon qildi.
Institut tadqiqotlariga ko‘ra, har 6 ish beruvchidan biri kelasi 12 oyda SI tufayli xodimlar sonini qisqartirishni rejalashtirgan. Bu vaziyat, ayniqsa, 18-35 yosh orasidagi yoshlarda xavotirni kuchaytirmoqda. Natijada ular sun’iy intellekt o‘rnini bosa olmaydigan, amaliy ko‘nikmalar talab etadigan va doimiy ehtiyoj yuqori bo‘lgan kasblarni afzal ko‘ra boshlagan.
Buyuk Britaniya bo‘ylab texnik kollejlarda qurilish, muhandislik va servis yo‘nalishlariga qiziqish yil sayin ortib bormoqda. Ba’zi o‘quv yurtlarida santexnika va elektrchilik kurslariga talab shu qadar ko‘payganki, guruhlar tez to‘lib, hatto navbat yuzaga kelgan.
Mutaxassislar bunga ikki asosiy sababni ko‘rsatadi:
Birinchisi – SI xavfi. Ofis ishlarining avtomatlashtirilishi yoshlarni kelajak kasbini strategik tanlashga undadi.
Ikkinchisi sabab esa universitet shartnomalarining qimmatligi. Ko‘plab yoshlar minglab funt qarz olish o‘rniga, tez o‘zlashtiriladigan va yaxshi daromad beradigan amaliy kasblarni ma’qul ko‘ryapti.
Kollej talabalari ham kasb tanlovini aynan shu omillar bilan izohlaydi. Ularning fikricha, ofisdagi ko‘plab vazifalarni algoritmlar bajarishi mumkin, ammo inson qo‘li va tajribasiga tayanadigan hunarmandchilik kasblarining o‘rnini sun’iy intellekt to‘liq bosa olmaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq SI vazir sabab Albaniya parlamentida janjal chiqqani haqida xabar berilgandi. , Albaniya parlamenti hukumat dasturini taqdim etish va yangi Vazirlar Mahkamasiga ishonch ovozi berish uchun yig‘ilish o‘tkazgan, Piksel va kodlardan tuzilgan, sun’iy intellekt orqali ishlaydigan virtual vazir “Diyella”ning nutqi muxolifat deputatlarining salbiy munosabatini keltirib chiqargan, ular stollarni urib, Bosh vazirga shishadan ishlangan konstitutsiyani uloqtirishgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr