Siberian Wellness va NamAgro Tech Brand Awards International 2026 mukofotini qo‘lga kiritdi

Biznes

image

2026 yilda Siberian Wellness va NamAgro Tech yana Brand Awards International xalqaro mukofoti laureatiga aylandi. Sog‘lom turmush tarzi, ekologiya va zamonaviy ishlab chiqarish tamoyillarini birlashtirayotgan kompaniyalar wellness-industriyasi, agro-sanoat hamda mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirishdagi hissasi uchun xalqaro ekspertlar tomonidan e’tirof etildi.

Siberian Wellness — wellness-industriyani rivojlantirish yo‘lida

Siberian Wellness — sog‘liq, go‘zallik va faol hayot tarzi yo‘nalishida faoliyat yurituvchi xalqaro kompaniya bo‘lib, bugungi kunda dunyoning 60 dan ortiq mamlakatida faoliyat olib boradi. Kompaniya O‘zbekistonda 16 yillik rivojlanish tarixiga ega. U so‘nggi yillarda nafaqat wellness-kompaniya, balki ishlab chiqarish va agro-sanoat yo‘nalishlarini birlashtirgan yirik ekotizim sifatida ham rivojlanmoqda.

Kompaniya mahalliy ishlab chiqarish, ekologik yechimlar va zamonaviy texnologiyalarni rivojlantirishga faol investitsiya kiritmoqda. Shuningdek, yangi ish o‘rinlarini yaratish, infratuzilmani rivojlantirish va to‘liq siklli zamonaviy ishlab chiqarish ekotizimini yaratish ham asosiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.

Brand Awards International 2026 doirasida kompaniya “O‘zbekistonda wellness-industriyasini rivojlantirish va barqaror ishlab chiqarish ekotizimini joriy etish, sog‘liq uchun tabiiy va ilmiy asoslangan mahsulotlarga ishonchni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun” taqdirlandi.

NamAgro Tech: 415 gektardan 1100 gektargacha

NamAgro Tech — Siberian Wellness ekotizimining strategik qismi bo‘lib, bugungi kunda Markaziy Osiyodagi eng yirik agro-sanoat loyihalaridan biri sifatida rivojlanmoqda. So‘nggi olti yil davomida loyiha dastlabki bog‘larni ishga tushirish bosqichidan yetishtirish, xomashyoni qayta ishlash va yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni birlashtirgan yirik ishlab chiqarish klasterigcha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi.

Loyiha ilk bosqichda 415 gektar bog‘ maydonini qamrab olgan bo‘lsa, bugungi kunda NamAgro Tech hududi 1100 gektarga yetgan. Kompaniya bog‘larni kengaytirish, xomashyoni qayta ishlashni rivojlantirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish va dorivor o‘simliklarni yetishtirish yo‘nalishlariga faol investitsiya kiritmoqda. Shuningdek, yangi ishlab chiqarish yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish, jumladan pektin ishlab chiqarish loyihasi ustida ham ishlar olib borilmoqda.

Mutaxassislar fikriga ko‘ra, NamAgro Tech’ning rivojlanishi O‘zbekistonda uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishga xizmat qiluvchi zamonaviy va barqaror agro-sanoat platformasi shakllanayotganidan dalolat beradi. Loyiha nafaqat ishlab chiqarish hajmini oshirish, balki mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash, eksport salohiyatini kengaytirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishda ham muhim rol o‘ynamoqda.
Brand Awards International 2026 doirasida loyiha “O‘zbekistonda yuqori texnologiyali agro-sanoat klasterini rivojlantirish, barqaror amaliyotlarni joriy etish va ishlab chiqarish salohiyatini kengaytirish uchun” taqdirlandi.

Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, O‘zbekistonda biznesning nafaqat mahsulotlari, balki mamlakat rivojiga qo‘shayotgan tizimli hissasi ham tobora yuqori baholanmoqda.

Siberian Wellness Uzbekistan Country Direktori Olesya Koloskova bu borada quyidagilarni qayd etdi:

“Biz uchun ayniqsa muhimki, bugun O‘zbekistonda nafaqat mahsulotlar, balki biznesning mamlakat rivojiga qo‘shayotgan tizimli hissasi ham yuqori baholanmoqda. Biz ishlab chiqarish, texnologiya, agro-sanoat, infratuzilma va insonlarga investitsiya kiritmoqdamiz. O‘zbekiston esa, mintaqadagi zamonaviy wellness va agro-sanoat loyihalarining kelajak markazi bo‘lish salohiyatiga ega deb hisoblaymiz”, dedi Olesya Koloskova.

Mukofotlar va e’tirof

Siberian Wellness va NamAgro Tech avval ham bir qator nominatsiyalarda g‘olib bo‘lgan.

2025 yil — NamAgro Tech O‘zbekistonda agro-sanoatni rivojlantirish va xalqaro bozorlarga muvaffaqiyatli chiqishi uchun Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘lgan. Shuningdek, kompaniya “Inklyuziv ish beruvchi” maqomini olgan.
2025 yil — Siberian Wellness sog‘liq, go‘zallik va faol hayot tarzi yo‘nalishida strategik yetakchilik uchun taqdirlangan.
2024 yil — Siberian Wellness innovatsion biologik faol qo‘shimchalar assortimenti uchun maxsus nominatsiyada e’tirof etilgan.
2023 yil — Siberian Wellness biologik faol qo‘shimchalar va O‘zbekiston rivojiga qo‘shgan wellness hamda investitsion hissasi uchun maxsus mukofot olgan.

Veb-sayt | Facebook | Instagram | Instagram Telegram | YouTube

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Siberian Wellness NamAgro Tech Brand Awards International 2026

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing