Sidneydagi plyajda yahudiylar o‘qqa tutildi (video)
Olam
−
14 dekabr 13792 1 daqiqa
Bugun, 14 dekabr kuni Avstraliyaning Sidney shahridagi Bondi plyajida ikki noma’lum qurolli shaxs odamlarga qarata o‘t ochdi. Otishma mahalliy yahudiy jamoasi a’zolari ishtirok etgan Hanuka bayrami paytida sodir bo‘lgan. Bu haqda mahalliy matbuot xabar berdi.
Mahalliy ABC telekanalining xabar berishicha , yahudiy jamoalariga qaratilgan terroristik harakat oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘lgan va 18 kishi jarohatlangan. Politsiya hozirda Sidney plyajida topilgan qo‘lbola portlovchi moslamani zararsizlantirish ustida ishlamoqda.
Guvohlarning xabar berishicha, qora kiyimdagi ikki kishi kichik piyodalar ko‘prigida turgan holda o‘t ochgan. Internetda hujumchilarni ko‘rsatuvchi videolavhalar paydo bo‘ldi.
Politsiya ikki gumondor borligini tasdiqladi — biri o‘lgan, ikkinchisi esa shifoxonada og‘ir ahvolda. Hozirda xodimlar hujumda uchinchi shaxs ishtirok etganmi yoki yo‘qligini tekshirmoqda.
Live
Barchasi