Sigir sotib olmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik sobiq mansabdor Rossiyada qo‘lga olindi

3-sahifa

image

Rossiyaning Saratov viloyatida qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat prokuraturasiga tayanib, “SarInform” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, qidiruvdagi shaxs 2021 yilning iyun oyida sigir sotib olish bahonasida bankdan 2 milliard so‘m kredit olgan. Pullarni olgan shaxs, "yallo qilib" yashash uchun xorijga chiqib ketgan.

Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, qarzdor Saratov viloyati va Qozog‘iston chegarasida qo‘lga olingan. Politsiya ayblanuvchiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atgan.

“Ayni paytda muhojir hibsda saqlanmoqda. Prokurorlar uni tez orada O‘zbekiston xavfsizlik kuchlariga topshiradi”, deyiladi xabarda.

E’tiborlisi, “qo‘lga olingan shaxs bir necha yil avval O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi korxonasini boshqargan"i ma’lum bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Kirov shahrida odam savdosida gumonlanib, davlatlararo qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingandi.

Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya sobiq mansabdor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made