Sindorov O‘zbekistonda yilning eng yaxshi shaxmatchisi deb topildi

Sport

image

Javohir Sindorov O‘zbekistonda 2025 yilning eng yaxshi erkak shaxmatchisi deb e’tirof etildi. Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ortda qolgan yil davomida Javohir Sindorov Hindistonning Goa shahrida bo‘lib o‘tgan shaxmat bo‘yicha Jahon kubogida g‘alaba qozondi. Sindorov musobaqa finaliga qadar muvaffaqiyatli yetib kelib, hal qiluvchi bellashuvda xitoylik grossmeyster Vey Ini mag‘lub etib, Jahon kubogi sohibi bo‘lgan edi.

Ushbu katta natijadan so‘ng Javohir Sindorov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Prezident sovg‘asi — uch xonali xonadon bilan taqdirlandi. Shuningdek, uning murabbiylariga pul mukofotlari topshirildi.

Bundan tashqari, Javohir Sindorovga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni berildi.

Shuningdek, 2025 yilning ayollar o‘rtasidagi eng yaxshi shaxmatchisi sifatida Umida Omonova e’tirof etildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) hamda Freestyle Chess Operations GmbH kompaniyasi ilk bor rasmiy fristayl shaxmat bo‘yicha Jahon chempionatini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishgani va ushbu musobaqada o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov ham ishtirok etishi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident sovg'asi shaxmat Javohir Sindorov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing