Sirdaryoda 11-sinf o‘quvchisi qiz bola sinfdoshini kaltakladi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 6 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda o‘g‘il bola o‘quvchi qiz bola sinfdoshini kaltaklagani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi munosabat bildirdi. 

Qayd etilishicha, o‘rganishlar davomida voqea joriy yil 31 mart kuni Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanidagi umumta’lim maktablaridan birida sodir bo‘lgani aniqlangan. 11-sinf o‘quvchisi M.M. sinfdoshi B.Sh. bilan o‘zaro janjallashib qolgan va uning yuz qismiga qo‘li bilan urib, tan jarohati yetkazgan.

Bildirilishicha, hozirda ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Bekobod shahrida 11-sinf o‘quvchisi boshqa voyaga yetmagan shaxslar bilan janjal oqibatida pichoqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Sirdaryo bezorilik o'quvchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing