Toshkent va Sirdaryoda Umraga yuborishni va’da qilganlar ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida Umra ziyoratiga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Yakkasaroy tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.R. fuqaro A.A.ga tanishlari yordamida viza hujjatlarini tayyorlab berib, Umra ziyoratiga yuborishi evaziga 1 650 AQSH dollarini olgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Uchtepa tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.R. fuqaro M.X.ning ishonchiga kirib, unga viza hujjatlarini tayyorlab berib, Umraga yuborishi evaziga 1 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Yana bir holatda Sergeli tumani o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.M. va boshqalar fuqaro Sh.Ya.ning ishonchiga kirib, uni Saudiya Arabistoniga borishi uchun viza hujjatlarini tayyorlab, Umra ziyoratiga yuborishi evaziga 1 250 AQSH dollarini olgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan sudlangan fuqaro D.B. 1 000 AQSH dollari evaziga fuqaroni Umra ziyoratiga yuborishini aytib, ushbu pullar hisobidan 900 AQSH dollari va 1,2 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur 4 ta holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatining Jondor tumanida odamlarni Umra safariga jo‘natmoqchi bo‘lgan firibgar er-xotin ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Sirdaryo Umra

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing