Sirdaryoda 3,4 mlrd so‘mlik “svet” o‘marildi

3-sahifa

image

Sirdaryo tumanida 3,4 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.

Bosh prokuratura shtabi tomonidan Sirdaryo tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirida “D. I.” fermer xo‘jaligiga qarashli suv nasosi hisoblagichiga tashqi ta’sir ko‘rsatilgan holda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, elektr ta’minoti korxonasiga 3 milliard 464 million so‘mlik zarar yetkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon shahrida 5,4 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MCHj fosh etilgandi.

Zarnigor Xudoyberdiyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Sirdaryo noqonuniy svet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing